Savol-Javob hammasini aniqlashtiramiz

Telefon raqamlar

Har kim o'zining yoki boshqa bir kishi/tashkilotning foydali raqamini sayt katalogiga qo'shishi mumkin. Teliston sayti katalogi 100% foydalanuvchilar tomonidan kiritilgan raqamlar asosida boyitiladi.

Ba'zan katalogdagi raqamni o'chirishga to'g'ri kelib qolishi mumkin. Buning bir necha sabablarini tahmin qila olamiz: kimdir sizning raqamingizni ruxsatsiz saytga joylashi, raqamga qo'ng'iroq qilganingizda saytimizda ko'rsatilgan ma'lumotlarga mos bo'lmasligi, raqam egasi ahloq qoidalariga nomutanosib xizmat taklif qilayotgan bo'lishi mumkin. Yohud, shunchaki, katalogimizdagi eski raqamingizni o'chirib, aynan shu yoki yangi bir raqamni yangicha ma'lumotlaringiz bilan qayta kiritishni istashingiz mumkin. Bunday holatlarda har bir raqamni ko'rish sahifasida ko'rsatilgan "Shikoyat" linkini bosishingiz va ko'rsatilgan raqamga qo'ng'iroq qilishingiz talab etiladi. Saytimiz qoidalariga mos bo'lgan har bir raqam o'chirish talabini qanoatlantiramiz.

Saytimizga har kim o'zi istagan raqamni qo'shishi mumkin. Raqam egalari taklif qilayotgan xizmatlar sifati va holatiga biz javobgar emasmiz. Saytimiz sizga faqatgina raqamni ko'rsatib beradi, xolos. Raqamga qo'ng'iroq qilish orqali amalga oshiriladigan barcha munosabatlar uchun siz va raqam egasi javobga hisoblanadi.

Saytimizga joylangan raqamlarning eski yoki yangiligiga qarab ba'zi raqamlarga qo'ng'iroq qilganingizda uning egasi butunlay boshqa kishi bo'lib chiqishi ham mumkin. Bu odatda kimdir raqamni ishlatish davomida saytimizga qo'shib, keyinchalik raqamini almashtirganda yangi raqamini saytimizga kiritmaganligi oqibatida kelib chiqadi. Agar shunday holatga duch kelsangiz, ya'ni saytimizdan olgan raqamingiz saytda raqam uchun yozilgan ma'lumotlarga mos bo'lmasa, darhol raqamdan shikoyat qilishingizni so'raymiz. Shikoyatingiz asosida ma'lumotiga nomutanosib raqam katalogimizdan o'chiriladi.

Yo'q. Katalogimizga faqat O'zbekiston hududida bo'lgan raqamlar qabul qilinadi. Shuning uchun raqam kiritish formasida telefon raqamining boshlanishi +998 bo'lishi qat'iy belgilab qo'yilgan.

Saytda reklama

Saytimizga raqam qo'shayotganingizda uning ma'lumotlarini yozishingiz so'raladi. Aynan shu joyda kiritilayotgan raqam ortida taklif qilinadigan xizmatlaringizni o'zingiz istagan shaklda reklama qilishingiz mumkin . O'z xizmatini taklif qilish maqsadida katalogimizga raqam joylashtirayotgan tadbirkorlarga o'z xizmatlarini sifatliroq ma'lumot yozishlarini tavsiya etamiz.

Saytimizning o'zingiz ko'rib guvohi bo'lishingiz mumkin bo'lgan sahifalaridagi joylarda reklama joylashtirishingiz mumkin.

Faoliyati telefon va aloqa sohasiga bog'liq bo'lgan tijoratlarga saytimiz blogida o'zlarining PR maqolalarining joylashlarini tavsiya etamiz.

Saytimizda asosan 3 shakldagi reklamani ko'rishingiz mumkin: raqam ma'lumoti sifatida yozilgan, taklif qilinayotgan xizmat reklamasi; saytning belgilangan joylarida ko'rsatiladigan banner shaklidagi reklamalar; sayt blogiga reklama sifatida joylashtirilgan PR maqolalar. Saytdagi barcha reklama ma'lumotlari, ularning ortidagi munosabatlar natijasiga Teliston sayti javobgar emas. Reklama orqali oladigan natijalaringizning barchasi uchun reklama joylashtiruvchi javobgar hisoblanadi.

Saytimiz qoidalariga mos bo'lmagan turdagi reklamalarni joylashtirmaymiz. Agar reklamangiz rad etilgan bo'lsa, demak u sayt qoidalariga to'g'ri kelmagan.

Teliston sayti

Bor. Barcha qoidalar saytimizning Foydalanish shartlari sahifasida batafsil bayon qilingan. Sayt qoidalariga mos bo'lgan raqamlar katalogimizga tekshiruvdan so'ng kiritiladi. Qoidalarimizga zid raqamlarni katalogga kiritmaymiz.

Saytga raqam kiritish ro'yxatdan o'tishni talab etmaydi. Har kim o'zi istagan raqamni kiritishi mumkin. Shuning uchun saytga yangi kiritilgan har bir raqam tekshiruvdan o'tkaziladi. Bunda raqam egasi ismi, xizmat tasnifi kabi ma'lumotlarni tekshiramiz. Agar siz kiritgan ma'lumotlar saytimiz qoidalariga zid bo'lmasa, raqam katalogga qo'shiladi. Aks holda, sayt qoidalariga asosan, kiritilgan raqam ogohlantirishsiz o'chiriladi.

Avvalroq kiritgan raqamingiz 24 soatdan so'ng katalogimizda ko'rinmasa, demak u tekshiruvdan o'ta olmagan va tasdiqlanmagan bo'ladi. Xatolaringizni tuzatib, raqamni katalogga kiritish uchun qayta so'rov yuborishingiz mumkin.

Agar avvaldan katalogda bo'lgan raqamingiz to'satdan o'chirilganligini ko'rsangiz, demak kimdir bu raqamdan shikoyat qilgan va biz uni katalogdan o'chirgan bo'lamiz. Saytdan foydalanish shartlari bilan tanishib chiqing. Hech bir raqam katalogimizdan sababsiz o'chirilmaydi.

Saytimiz faqat telefon raqamlariga asoslangan bo'lganligi sababli blogimizda ham faqat telefonga oid maqolalarni chop etamiz. Blogimiz telefon va aloqa sohasiga qiziquvchilarga manzur bo'ladi, degan umiddamiz.

Teliston sayti O'zbekistonning eng katta telefon raqamlari katalogi maqomini olishi bizning maqsadlarimizdan biri. Biz saytni har doim rivojlantirishga harakat qilamiz. Siz ham sayt rivojiga hissa qo'shishingiz mumkin. Foydalanuvchilar fikri biz uchun muhim. Bog'lanish sahifasi orqali bizga saytning kelajakda qaysi tomonlama rivojlantirishimiz kerakligi to'g'risidagi fikr-mulohazalaringizni yozib yuboring. Navbardagi yangilanishlarda takliflaringizni albatta inobatga olamiz!

Saytimiz faqat O'zbekiston hududidagi telefon raqamlarni jamlashga moslashtirilgan. O'zbekistondagi deyarli hamma o'zbek tilida yaxshi so'zlasha olishini hisobga olgan holda saytning rus yoki boshqa chet tilidagi ko'rinishlarini yaratmaslikka qaror qilganmiz.

Boshqa masalalar

Agar raqamingizni katalogimizga joylashtirmoqchi bo'lsangiz-u, ammo o'zingizga mos katalog bo'limini topa olmasangiz, yangi bo'lim ochishni so'rab biz bilan bog'lanishingiz mumkin. Kelajakda siz ochtirgan bo'limga yangi raqamlar yig'ilishi mumkin, deb hisoblasak, katalogga albatta yangi bo'limni talabingizga mos ravishda qo'shib beramiz!

Katalogimizga nafaqat o'zingizning, balki boshqa kishilarning raqamini ham joylashingiz mumkin. Agar tanishingizning xizmatlaridan boshqalar ham bahramand bo'lishi foydadan holi bo'lmaydi, degan qarorga kelgan bo'lsangiz, uning raqamini saytimizga o'zingiz joylashingiz mumkin. Katalogimizda raqamlar qancha ko'p bo'lsa, biz shuncha xursand bo'lamiz!

Saytimiz o'z oldiga O'zbekistondagi barcha telefon raqamlarini yig'ishni maqsad qilib qo'ygan. Teliston O'zbekistonning raqamlar jamlanmasi hisoblanadi. Shu sababli Telefon va O'zbekiston so'zlarini uyg'unlashtirib, sayt nomini Teliston deb tanladik.

Katalogdagi raqamlar faqat odamlarga ko'rinadigan bo'lishi uchun har bir raqam yonida "Raqamni ko'rsatish" tugmasi o'rnatilgan. Raqam faqat tugma bosilgandan so'ng ko'rinadi. Bu usulda saytdagi barcha raqamlarning botlar tomonidan avtomatik yig'ilishi (indeks qilinishi) cheklanadi.

Teliston WordPress asosida ishlaydi. Sayt dizayni Metronic andozasi asosida yasalgan WordPress shablonida aks etgan. Saytimizning aynan ko'rinishi hech bir tayyor shablonda yo'q.