Foydalanish shartlari qoidalarga amal qiling

Umumiy qoidalar

Ushbu foydalanish shartlarida bayon etilgan qoidalarga sayt foydalanuvchilari tomonidan qat’iy amal qilinishi shart. Qoidalarga amal qilmaslik oqibatida kelib chiqishi mumkin bo’lgan har qanday holat uchun faqat qoidalarni buzgan foydalanuvchi aybdor hisoblanadi va Teliston.uz sayti qoidalarga amal qilmaslik natijasida hosil bo’lgan har qanday holat uchun javobga hisoblanmaydi. Bu sahifadagi barcha qoidalar sayt foydalanuvchisi va Teliston.uz sayti o’rtasidagi shartnoma hisoblanadi. Qoidalar sayt ma’muriyati tomonidan istalgan vaqtda foydalanuvchilarni ogohlantirmasdan va hech bir aniq sabab ko’rsatmasdan o’zgartirilishi mumkin. Saytdan foydalanishda davom etishingiz ushbu sahifada bayon etilgan barcha qoidalarga roziligingizni anglatadi. Agar saytimiz qoidalari sizga to’g’ri kelmasa va ularga amal qilishdan bosh tortsangiz, iltimos, zudlik bilan Teliston.uz saytidan chiqib keting hamda xizmatlarimizdan foydalanmang.

Saytdagi raqamlardan foydalanish

  1. Sayt katalogiga kiritilgan har bir raqam sayt foydalanuvchilari tomonidan qo’shilgan. Sayt ma’muriyati hech bir raqamni saytga qo’shmaydi. Katalog 100% foydalanuvchilar tomonidan shakllantiriladi.
  2. Katalogga qo’shilayotgan har bir raqam avval Administrator tomonidan tekshirish uchun ushlab qolinadi. Sayt Administratori yangi kiritilgan raqam ma’lumotlarini ma’qullagandan so’ng ular saytda ko’rina boshlaydi. Yolg’on ma’lumot asosida katalogga kirgan telefon raqamlar tufayli aziyat chekkan bo’lsangiz, buning uchun Teliston.uz sayti javobgar emas. Iltimos, saytimizdagi barcha telefon raqamlar hamda ular orqali kelib chiqadigan munosabatlarda faqat o’zingiz javobgar ekanligingizni yaxshi anglab yeting.
  3. Saytimiz katalogida keltirilgan raqamlardan g’arazli maqsadlarda foydalanishingiz mumkin emas.
  4. Katalogimizdagi telefon raqamlarga qo’ng’iroq qilib, raqamni Teliston.uz sayti orqali olganligingizni aytishingiz mumkin.
  5. Katalogdagi telefon raqamlar, ularning egalari hamda ma’lumotlaridan sayt ma’muriyatiga shikoyat qilishga haqlisiz.
  6. Katalogimizdagi raqamlarni yig’ib, uni boshqa saytlarda jamlashingiz ta’qiqlanadi.

Katalogga yangi raqam qo’shish

  1. Saytga o’zingizning raqamingizni yoki o’zingiz istagan boshqa bir kishining raqamini qo’shishingiz mumkin.
  2. Raqam katalogga faqat bir marta qo’shiladi. Bitta raqamni qayta qo’shish imkonsiz. Agar raqam o’zgargan, yoki ma’lumotini o’zgartirish zarurati tug’ilgan bo’lsa, tegishli tartibda raqamni katalogdan o’chirtirishingiz va keyin qayta qo’shishingiz mumkin.
  3. Kiritayotgan raqamingiz ma’lumotlarini aniq va to’liq yozing. To’liq ma’lumotga ega bo’lmagan raqamlar katalogga kiritilmaydi.
  4. Katalogga joylashgan raqamingiz hammaga ko’rinadi va istagan kishi raqamingizga qo’ng’iroq qilishi mumkinligiga rozilik bildirasiz.
  5. Raqam ma’lumotlari faqat o’zbek yoki rus tilarida yozilishi kerak. Xorijiy tilda faoliyat yurituvchi tashkilot va shaxslar raqamlari bundan mustasno.
  6. Katalogga faqat O’zbekiston hududiga tegishli bo’lgan, +998 bilan boshlanuvchi raqamlar kiritilishi mumkin.